22:42 / 12.05.2019
38113

Amerikalik yuguruvchi “supermen”ga xos sakrash bilan g‘alabaga erishdi (video) 

Amerikalik yuguruvchi Infinit Takker SEC Outdoor Track & Field Championships musobaqasida 400 metrga to‘siqlar bilan yugurish bo‘yicha bellashuvda g‘olib bo‘ldi. E'tiborlisi, sportchi bu g‘alabaga marra chizig‘i tomon o‘zini otgani evaziga erisha oldi.

Takker masofaning deyarli butun qismida yetakchilik qilgan, biroq oxirgi metrlarda unga raqiblaridan biri Robert Grant yetib ola boshlagan. Shunda Takker marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tish uchun u tomon o‘zini otgan. Musobaqa tashkilotchilari uning bu sakrashini “supermen sakrashi” deb nomlashgan.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bu ta'rifni ma'qullab, superqahramonning suratlari va gif-videolari bilan izoh qoldirishgan. 

Top