8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

07:20 / 12.05.2019 11550

AQSh raketalarga qarshi qurolni sinovdan o‘tkazdi

AQShning NATOning raketalarga qarshi mudofaa mashg‘ulotlari “Shafqatsiz qalqon-2019”da ishtirok etayotgan USS Roosevelt esminetsi raketalarga qarshi SM-3 raketasi sinovini o‘tkazdi. Bu haqda Pentagon ma'lum qildi. 

Raketa mashg‘ulotlar o‘tayotgan Shotlandiya sohillari yaqinida uchirilgan. NATO mashg‘ulotlari 19 maygacha davom etadi. Ularda NATOning 9 ta davlati: Kanada, Daniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya va AQSh ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotlarda hammasi bo‘lib 13 ta kema, 10 ta samolyot va 3,3 ming kishi ishtirok etmoqda.

10 may kuni amerikalik harbiylar yadro zaryadi bilan qurollanmagan Trident II ballistik raketasini “Ogayo” turidagi atom suv osti kemasidan uchirgani ma'lum qilingandi.

 Shuningdek, AQSh 9 may kuni qit'alararo ballistik raketa Minuteman III sinovini o‘tkazgan. Raketa Kaliforniyadagi Vandenberg bazasidan uchirilgan.

Top