20:10 / 12.05.2019
5672
Hindistondagi avtohalokat 15 kishining umriga zomin bo‘ldi 

Hindistonning Andxra-Pradesh shtatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, yana 6 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.  

Avtohalokatda qo‘shni Telingana shtatida yashovchi, to‘ydan avtobusda qaytayotganlar halok bo‘lgan. Avtobus avtomobil bilan to‘qnashib ketishi oqibatida voqea joyida 13 kishi, shifoxonada yana 2 kishi jon bergan.

YTH sabablari aniqlashtirilmoqda.

Top