8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

15:48 / 12.05.2019 7430

Isroil Jo‘lon tepaliklarida Tramp sharafiga posyolka barpo etmoqchi

Foto: Leah Millis

Isroil hukumati Jo‘lon tepaliklarida AQSh prezidenti Donald Tramp nomi bilan ataladigan posyolka qurilishi uchun joy tanladi, deb ma'lum qildi mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyaxu.

Isroil Trampga ushbu tepaliklarni yahudiy davlatiga tegishli deb tan olgani uchun shu tarzda minnatdorlik bildirmoqchi.

"Men prezident Tramp sharafiga aholi maskani qurishga va'da bergandim. Bu maskan qurilishi uchun Jo‘lon tepaliklaridan joy topganimizni ma'lum qilaman", -dedi Netanyaxu.

Isroil Jo‘lon tepaliklarini 1967 yilda Suriyadan tortib olgan.

Top