11:00 / 13.05.2019
19912
Arzon, qulay va ekologik toza muqobil energiya manbasi

Farg‘ona shahrida joylashgan «MADAD» MChJ gaz sanoati uchun ishlab chiqarayotgan uskunalardan tashqari, mana bir yildan ortiq vaqt mobaynida o‘z korxonasida suyultirilgan gazda (propan/butan) ishlaydigan AGU (Avtonom Gazlashtirish Uskunasi) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

Ushbu uskuna:

  • ko‘p qavatli uy va binolar;
  • ishlab chiqarish sexlar (ohak, gisht, sement);
  • issiqxonalar;
  • dala hovlilar va xususiy uylar;
  • oshxonalar va barcha sohadagi obektlar uchun muqobil energiya manbasidir.

Bu Avtonom Gaz Uskunasi yordamida barcha umidlar ro‘yobga chiqadi – ular iqtisodiy samarali, ekologik toza, qulay va shinamlik demakdir. Bir yildan ortiq vaqt davomida korxonamiz AGU (avtonom gazlashtirish uskunalari) ni respublikamizning turli hududlarida o‘rnatib, ishga soldi.

Misol tariqasida uskunaning muvaffaqiyatli faoliyati hayotimizning ijtimoiy sohasida: «Navoiy viloyatining Tomdi qishlog‘ining 50 xo‘jalikdan iborat xonadonlarini gazlashtirish»; «ATB «Kapitalbank» Andijon filialining yangi ma'muriy binosini gazlashtirish»; «Buxoro viloyatidagi «Olot» bojxona kompleksi binosini gazlashtirish», shuningdek, «Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanidagi xususiy uyni gazlashtirish» shular jumlasidandir.

Tadbirkorlik sohasida quyidagi obektlar: «Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi «TURAN TOMATOES» MChJga tegishli issiqxonani gazlashtirish»; «Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahrining Arsif qishlog‘ida «AgroService Asia» MChJga qarashli zamonaviy issiqxonasini gazlashtirish» shular jumlasidagi obektlardir. Istiqbolda «Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida joylashgan «GLOBAL TEXTILE SOLUTION» kompaniyasining paxta klasteri» obekti, shuningdek, «Sirdaryo viloyatining «BRK IMPEX» kompaniyasi tomonidan Xovos tumanidagi harbiy obektni gazlashtirish» loyihalari amalga oshirilish arafasidagi obektlardir.

Korxonamiz ushbu uskunani ishlab chiqaradi, manzilga yetkazib beradi va shefmontaj ishlarini amalga oshirib, ishga tushirib beradi. «MADAD» MChJ dan yana bir dolzarb bo‘lgan yangi turdagi mahsulot bu BOOPG(blok ochistki i osushki prirodnogo gaza) AGNKS metan quyish shoxobchalari uchun tabiiy gazni tozalash uchun o‘rnatiladi. Bu faoliyatni amalga oshirish uchun korxonamiz «Sanoatgeokontexnazorat» Davlat Inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan barcha ruxsatnomalarga ega. Mahsulotlar va xizmatlar to‘liq kafolat ostida.

Bizning ishlab chiqarish manzilimiz: Farg‘ona shahridagi «Farg‘ona» erkin industrial iqtisodiy zonasi, Aviasozlar ko‘chasi, №2-uyda joylashgan. Mo‘ljal: sobiq Farg‘ona mexanika zavodi hududi.

Murojaat uchun telefonlar: +99891 6804000, +99893 9806633, +99895 4000879

Vebsayt: www.madadltd.uz

Reklama huquqi asosida

Top