8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

21:06 / 13.05.2019 21712

Dzyudochi telefon sababli mag‘lub bo‘ldi (video)

Bokuda dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” bosqichida antiqa holat yuz berdi. Janglardan birida tatamiga portugaliyalik dzyudochi Anri Egutidzening kimonisi ichidagi mobil telefoni tushib ketgan.

Egutidzening raqibi va hakam bu holatga darhol e'tibor qaratishgan va jang to‘xtatilgan. Natijada portugaliyalik sportchiga xansoku-maki, ya'ni texnik mag‘lubiyat berilgan. Dzyudo qoidalariga ko‘ra, tatamiga yot buyumlar olib chiqish taqiqlanadi.

Egutidze Malaga va Madridda o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati g‘olibi hisoblanadi, Gran-prining Marokashdagi bosqichida 3-o‘rinni egallagan.

Top