8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

09:30 / 13.05.2019 11613

Firibgarlik yo‘li bilan 100 000 dollar olgan shaxs ushlandi

2019 yil 8 may kuni O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza etuvchi organ xodimlari tomonidan Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanda tadbir o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada shu tumanning M.Yusuf ko‘chasida yashovchi G‘.K., Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi M.M.ga Parkent tumani Boyqozon qo‘rg‘onida joylashgan 195 gektar yer maydonini o‘z tanishlari yordamida tuman hokimligidan ijara shartnomasi tuzish orqali uning ixtiyoriga o‘tkazib berishini va'da qilib, undan jami 100 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan Mirzo Ulug‘bek tumanida olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top