8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

18:38 / 13.05.2019 7323

Insonning joniga va moliga tajovuz - og‘ir gunoh

“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni “Musulmon qoni va molining haromligi”, deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo bo‘limi mudiri Homidjon Ishmatbekov sharhlab berdi.

Video: Youtube

Video: mover (Tas-IX)
 

Ushbu hadis Imom Buxoriy rohmatullohu alayhning sahihlarida keladi. 
Ibn Abbos roziallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Payg‘ambarimiz vidolashuv hajiga borgan paytlarida haj kuni, ya'ni, Qurbon hayiti kuni Minoda odamlarga xutba qildilar: - “Ey insonlar, mana bu kun qaysi kun?” - Bu hurmatli kun, dedilar. Yana aytdilar, biz turgan shahar qanday shahar? – Yana aytishdiki, bu hurmatli shahar. Payg‘ambarimiz yana so‘radilar: Bu qaysi oy? Javob berishdiki, bu oy hurmatli oy, zulhijja oyi, ya'ni, Alloh taolo hurmatli qilgan to‘rt oydan biri”.
Rasululloh sallollohu alayhi vasallam aytdilar:  “Sizlarning mollaringiz, qonlaringiz va obro‘-izzatlaringiz xuddi mana shu kundagidek, mana shu shahardagidek va mana shu oydagidek hurmatlidir. Ya'ni, ularga tajovuz qilishlik – harom”. 
Shundan so‘ng, boshlarini osmon tomon ko‘tarib: “Ey Allohim, men sening omonatingni insoniyatga yetkaza oldimmi?”, deb aytdilar.


Ibn Abbos roziallohu anhumo aytadi: “Meni jonim qo‘lida bo‘lgan zot, ya'ni Allohga qasamki, bu Payg‘ambar alayhissalomning butun ummatlariga qilgan vasiyatlari edi. Shuning uchun aytdilarki, mana shu yerda shohid bo‘lib, gaplarimni tinglayotgan kishilar hozir bu yerda bo‘lmagan va kelajakda bo‘ladigan kishilarga gaplarimni yetkazishsin.
Mendan keyin hech biringiz bir-birining bo‘yniga qilich solib o‘ldiradigan kofirlarga aylanib ketmanglar”.
Bu hadisi sharif Payg‘ambar alayhissalomning juda katta jamoat to‘plangan vidolashuv hajida aytgan xutbalari. 
Hadisni mazmun-mohiyatidan ko‘rinadiki, mo‘min-musulmonlarning qoni, moli, ularning obro‘si ham xuddi Qurbon hayiti, mo‘min-musulmonlar uchun aziz va hurmatli bo‘lgan kunlardagidek, o‘sha haj amali bajarilayotgan Mino, Arofot, Masjidul harom atroflari va ibodat ado etilayotgan, Alloh taolo muqaddas qilgan zulhijja oyi kabi hurmat qilinishi kerak. 
Ayni paytda, buni ta'kidlash bilan, mo‘min-musulmonlar uchun eng muhim masalani aytganiga Alloh taoloni guvoh qilib qo‘ydilar.

Hadis roviysi,  Ibn Abbos roziallohu anhu aytadi: Allohga qasamki, bu Allohning qiyomatga qadar keladigan barcha ummatlariga U kishining vasiyatlari edi. 

Bu hadis insonning joniga va moliga tajovuz, qadri poymol qilinishi - og‘ir gunoh ekanligidan dalolat beradi.

Top