18:09 / 13.05.2019
11183
Ovoz kuchaytirgich ichiga yashirilgan telefonlar fosh etildi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Toshkent xalqaro aeroportida bojxonachilar navbatdagi qonunbuzarlik holatlarini aniqlashdi.

“Seul-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelib, “yashil” yo‘lak orqali harakatlangan fuqaro D.D.ning bagaji nazorat tartibida maxsus skanerlar yordamida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, “ustomonlik” bilan o‘ylangan qonunbuzarlik fosh etildi. Ya'ni, fuqaro D.D bojxona to‘lovlaridan qochish maqsadida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, deklaratsiyalanmagan 8 dona har xil rusumdagi uyali aloqa vositalarini ovoz kuchaytirgich ichiga yashirilgan holda olib kirmoqchi bo‘lgan ekan. Ammo uning bu nayrangi ish bermadi.

Shuningdek, ayni shu aviareys bilan uchib kelgan fuqaro R.D xam bojxona nazoratidan o‘tkazilganda yashirincha olib kirmoqchi bo‘lgan 5 dona uyali telefonlari borligi aniqlandi.

Yana bir holatda esa, “Pekin-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan fuqaro B.A. ham sal kam 13 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan tibbiyot uskunalarini noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishi besamar yakunlandi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top