8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

18:40 / 13.05.2019 6607

Magistraturaga hujjat topshirganlar IELTS bo‘yicha 5,5 ballga ega bo‘lsa chet tili imtihonidan ozod etiladi

Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan «Qonunchilikdagi yangiliklar» brifingi va matbuot anjumanida magistraturaga kirish tartibidagi o‘zgarishlar ma'lum qilindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

  • Unga ko‘ra, magistraturaga kirishda quyidagilar bekor qilindi:
  • magistraturaga kiruvchilarning ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida tanlangan mutaxassislikka mos savollar asosida suhbat;
  • «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha sinov;
  • O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani bo‘yicha sinov.

Magistraturaga hujjat topshirganlarning TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball bo‘lganida ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi. Ilgari bu natijalar TOEFL bo‘yicha kamida 58 va IELTS bo‘yicha kamida 5 ball bo‘lishi kerak edi.

O‘qishini bahorgi semestrga qayta tiklash bo‘yicha ariza topshirish har yili 15 yanvardan 25 yanvargacha davom etadi (ilgari 20 dekabrdan keyingi yilning 20 yanvariga qadar edi).

Top