8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

04:03 / 13.05.2019 207372

Tergov qilinayotgan Said-Abdulaziz Yusupovning kutilmagan videomurojaati paydo bo‘ldi

10 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi («Firibgarlik») nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda ayblanib, qo‘lga olingan  Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Said-Abdulaziz Yusupovning jamoatchilikka oshkor etilmagan videomurojaati ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.

Videomurojaat O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga yo‘llangan bo‘lib, unda Said-Abdulaziz Yusupov turli vaziyatlarda o‘zini qanday tutgani va bu uchun xavflarga duch kelayotganini aytadi.

YouTube

Tas-IX

«Agar siz «Oq va Qora» ko‘rsatuvining ushbu sonini internet orqali ko‘rayotgan bo‘lsangiz, demakki, buning o‘ziga yarasha sabablari bor. Afsuski, bu sabablar — yaxshi sabablar emas. Bu ko‘rsatuvimni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga murojaat sifatida yozyapman», — deydi u.

2018 yili 25 sentyabrda tasvirga olingan videomurojaatni ijtimoiy tarmoqqa yuklagan ukasi Muhammad Bahouddin Yusupov akasi o‘sha paytda qandaydir tuhmat va tazyiqlar iskanjasida yurganini ma'lum qildi.

«O‘shanda juda toshib ketdilar. Keyin har ehtimolga qarshi shu videoni yozib oldik. Men akamning Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga qilgan bu murojaati juda ko‘p narsalarga oydinlik kiritishiga va  tez kunlarda oilamiz bag‘riga qaytishiga ishonaman»,  —  deb yozadi kichik Yusupov.

Said-Abdulaziz Yusupov o‘z so‘zlarida har gal Prezidentning islohotlarini qo‘llab-quvvatlashi, ammo bu harakatlari uchun bosimda qolayotganini aytgan.

Bosh prokuratura ma'lumotiga ko‘ra, o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirib, firibgarlik yo‘li bilan fuqarolardan 65 ming, 28 ming va 15 ming AQSh dollari olganlikda gumon qilinayotgan Yusupov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishdan ayblanmoqda.

«S.Yusupov 2018 yili ham aynan shunday jinoyatni sodir etgani, o‘zini soxta xodim qilib ko‘rsatgani sud majlisida isbotini topgandi. U yetkazilgan zararni qoplab, tegishli tartibda jazo olgandi», —  deyiladi prokuratura axborotida. 

Said-Abdulaziz Yusupov
Foto: Facebook/Muxammad Bahouddin Yusupov

Yusupov o‘z videomurojaatida avvalgi firibgarlik bo‘yicha jinoyat ishi soxtalashtirilganini iddao qilgan.

«Sizning (O‘zbekiston Prezidenti nazarda tutilmoqda - tahr.) imijingizga nisbatan bo‘layotgan turli xil tajovuzlarning oldini olishga qaratilgan, yo‘q joydan dushman yaratish kabi nomardona, aqlsiz ishlarni to‘xtatishga harakat qilishim ortidan yana eski ta'qiblar boshlandi.

2018 yil ferval oyida IIV tizimi orqali menga nisbatan tuhmatga asoslangan ish ochildi», —  deydi u. 

Yusupovning qayd etishicha, jinoyatni sodir etganini tan olishga majbur qilgan omil —  farzandining maktabda yo‘qolib qolgani edi.

«Butun siyosiy vajlar, dunyoni bir tomonga qo‘ying, bolangizning bitta tabassumi uchun dunyoni berishga tayyor ota-ona, o‘zbek, jumladan men ham bolamning tovoniga tikan kirishidan asrash uchun hamma narsadan kechishga tayyorman», — deydi Said-Abdulaziz Yusupov videomurojaatida.

Said-Abdulaziz Yusupov ijtimoiy tarmoqlardagi keskin bayonot va turkum ko‘rsatuvlari bilan mashhur bo‘lgandi. Uning muallifligida e'lon qilingan «Oq va Qora» turkum ko‘rsatuvida mamlakat rahbari siyosatini qo‘llab-quvvatlashga chorlov bo‘lishi bilan birga, islohotlarning samarali olib borilishiga xalaqit qiluvchi kamchiliklar e'tirof etilgan. Shuningdek, Yusupov bir qator tahliliy va tanqidiy maqolalar bilan OAVda chiqishlar qilib keladi.

«Biz g‘orda tug‘ilgan millat emasmiz». O‘zbekistonda rahbarlar dunyoqarashi nega o‘zgarmayapti?

Oq va qora: Bugun partiyalar prezidentga yetarlicha dastak bo‘la olmayapti

Oq va qora: Biz ikki boshli bolalarni tarbiyalayapmiz

Oq va qora: Kommunistik ruhiyatdan xalos bo‘lishimiz kerak

Top