8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

13:52 / 13.05.2019 9166

«Yuventus»ning Rimdagi mag‘lubiyati, Chempionlar Ligasiga da'vogarlarning g‘alabalari va Italiya chempionatida turning boshqa voqealari

Foto: AFP

Dam olish kunlari Italiya chempionatida 36-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Ularda e'tiborga loyiq bo‘lgan bir qancha voqealar yuz berdi.

«ROMA» JUDA MUHIM O‘YINDA «YuVeNTUS»NI YeNGDI

«Yuventus» Rimga muddatidan oldin chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan holda kelgan bo‘lsa-da, asosiy tarkibni maydonga tushirdi. Turinliklar 5 yildan beri bu yerda g‘alaba qozona olishmayotgandi. «Roma» uchun esa Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan vaqtda har bir ochko oltinga teng edi.

Birinchi bo‘limda tashabbus mehmonlar tomonda bo‘ldi. Ular uchta juda yaxshi vaziyatdan unumli foydalana olishmadi. Darvozabon Mirante yarimhimoyachi Kuadrado va hujumchi Dibalaning 2ta xavfli zarbasini qaytara oldi. Ikkinchi bo‘limda mezbonlar faol harakat qilishdi, biroq, «Yuventus» ularning hujumlarini muvaffaqiyatli bartaraf qilib turdi. Bir vaziyatda Krishtianu Ronaldu gol urishga ham erishdi, lekin u ofsayd sababli hisobga olinmadi.

O‘yin oxirida «Roma» bosh murabbiyi Raneri maydonga Underni tushirdi va burilish yasashga muvaffaq bo‘ldi. Aynan uning 2ta uzatmasidan so‘ng Florensi va Jyeko «Yuventus» darvozasini ishg‘ol etishdi.

Bu natijadan so‘ng, «Roma» 62 ochko jamg‘arib, 6-o‘ringa chiqib oldi va Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun imkoniyatini oshirdi. «Yuventus» hisobida 89 ochko bor.

Roma – Yuventus 2:0 (0:0, 2:0)
12 may, «Stadio Olimpiko»
Gollar: 1:0 – 79 Florensi, 2:0 – 90 Jyeko.
Roma – Mirante, Florensi, Manolas, Fasio, Kolarov, Pellegrini (Kristante, 67), Nzonzi, Dzanolo, Klyuyvert (Under, 78), Jyeko, El-Shaaravi.
Yuventus – Shchensni, De Shilo (Joau Kanselu, 85), Kaseres, Kellini, Spinatssola, Kuadrado, Jan, Pyanich (Bentankur, 71), Matyuidi (Aleks Sandro, 84), Dibala, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Jyeko (51), Jan (74), Dzanolo (75), Kolarov (90).

«NAPOLI» SAFARDA SPAL QARShILIGINI SINDIRA OLDI

SPAL mavsumning kashfiyotlaridan biri desak yanglishmaymiz. Jamoa bu mavsumda o‘z maydonida juda yaxshi o‘yinlarni namoyish qilib, «Yuventus», «Latsio» va «Roma»ni mag‘lub eta oldi. Ammo «Napoli»ga qarshi o‘yinning musobaqa jadvali uchun ahamiyati yo‘q edi. SPAL A Seriyada qolish vazifasini allaqachon hal qilgan, «Napoli» esa kumush medallarni qo‘lga kiritib bo‘lgan edi. 

Birinchi bo‘lim teng kurashlar ostida o‘tdi. Har ikkala jamoa bir qancha vaziyatlarga ega bo‘lsa-da, himoyachilar va darvozabonlar xatoga yo‘l qo‘ymadilar. Ikkinchi bo‘lim «Napoli»ning goli bilan boshlandi. 49-daqiqada Allan raqib jarima maydonida chaqqon harakat qilib, to‘pni aniq zarba bilan darvozaning yuqori burchagiga joyladi. 

84-daqiqada SPAL hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi: Petanya penaltini aniq amalga oshirdi. Ammo, oradan 4 daqiqa o‘tgach, Mariu Rui chiroyli kombinatsiyani mantiqiy yakuniga yetkazib, jarima maydoni ichidan kuchli zarba yo‘llab, chiroyli gol urdi va «Napoli»ga g‘alaba keltirdi.

SPAL – Napoli 1:2 (0:0, 1:2)
12 may, «Paolo Matssa» stadioni
Gollar: 0:1 – 49 Allan, 1:1 – 83, penalti Petanya, 1:2 – 88 Mariu Ruy.
SPAL – Viviano, Chonek (Yankovich, 89), Vikari, Bonifatsi, Ladzari, Murjia, Missiroli (Skyattarella, 31), Valoti (Antenuchchi, 73), Fares, Petanya, Flokkari.
Napoli – Meret, Malkyui, Kulibali, Luperto, Mariu Ruy, Allan, Fabian Ruis, Kalexon (Gaetano, 90), Zelinski (G‘ulom, 84), Yunus (Verdi, 66), Milik.
Ogohlantirishlar: Mariu Ruy (53), Chonek (64), Fares (69).

CheMPIONLAR LIGASI YO‘LLANMASIGA DA'VOGARLAR OChKO YO‘QOTIShMADI

Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini beruvchi 4-o‘rin uchun kechayotgan kurash ham qizg‘inligicha qolmoqda. Ayni paytda 4ta jamoa – «Atalanta», «Milan», «Roma» va «Torino» bunga da'vogarlik qilmoqda. Qayd qilish joizki, ularning barchasi bu turda g‘alaba qozonishdi.

«Atalanta» o‘z maydonida «Jyenoa» bilan o‘ynadi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yin taqdirini ikkinchi bo‘lim boshida yuz bergan voqealar hal qildi. 46-daqiqada Barrou mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 7 daqiqa o‘tgach Kastan jamoasining ikkinchi golini urdi. «Jyenoa» so‘nggi daqiqalarda Pandev goli evaziga hisobni qisqartira oldi xolos. Bu g‘alabadan so‘ng, «Atalanta» 65 ochko bilan uchinchi o‘ringa chiqib qoldi va Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun asosiy da'vogarga aylandi. «Jyenoa» 36 ochko bilan 17-o‘rinni egallab turibdi va A Seriyani tark etishi ham mumkin.

«Milan» safarda «Fiorentina» bilan o‘ynadi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona gol 36-daqiqada Chalhano‘g‘li tomonidan urildi. U Suso tomonidan jarima maydoniga yetkazilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘lladi. Bu g‘alabadan so‘ng «Milan» 62 ochko bilan 5-o‘ringa chiqib oldi. «Fiorentina» esa inqiroz ko‘chasidan chiqolmayapti. Jamoa uch oydan beri g‘alaba nimaligini bilmayapti.

«Torino» o‘z maydonida «Sassuolo»ni irodali tarzda 3:2 hisobida yengdi. Mezbonlar ikki marta hisobda ortda borayotgan bo‘lishiga qaramay, yakunda baribir muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritishdi. Hal qiluvchi gollar 81 va 82-daqiqada Dzadza bilan Belotti tomonidan urildi. «Torino» 60 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi.

Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun da'vogar bo‘lgan «Inter» bugun chempionat autsayderi «Kevo» bilan o‘ynaydi.

36-TURNING BARChA NATIJALARI

11 may
Atalanta – Jyenoa 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 46 Barrou, 2:0 – 53 Kastan, 2:1 – 89 Pandev.

Kalyari – Latsio 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 31 Luis Alberto, 0:2 – 53 Korrea, 1:2 – 90 Pavoletti.

Fiorentina – Milan 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 35 Chalhano‘g‘li.

12 may
Torino – Sassuolo 3:2 (0:1, 3:1)
Gollar: 0:1 – 27 Burabiya, 1:1 – 56 Belotti, 1:2 – 71 Lirola, 2:2 – 81 Dzadza, 3:2 – 82 Belotti.
Chetlatish: Burabiya (28, Sassuolo).

Frozinone – Udineze 1:3 (0:3, 1:0)
Gollar: 0:1 – 11 Okaka Chuka, 0:2 – 41 Samir, 0:3 – 44 Okaka Chuka, 1:3 – 85 Dionizi.

Sampdoriya – Empoli 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 56 Farias, 0:2 – 75 Di Lorenso, 1:2 – 90, penalti Kualyarella.

SPAL – Napoli 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 49 Allan, 1:1 – 83, penalti Petanya, 1:2 – 88 Mariu Ruy.

Roma – Yuventus 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 79 Florensi, 2:0 – 90 Jyeko.

13 may
22:00 Bolonya – Parma
23:55 Inter – Kevo

A SeRIYa JADVALI

A SeRIYa TO‘PURARLARI
26 - Fabio Kualyarella (Sampdoriya, 9 pen)
22 - Duvan Sapata (Atalanta, 1), Kshishtof Pyontek (Jyenoa/Milan, 2)
21 - Krishtianu Ronaldu (Yuventus, 5)
17 - Arkadiush Milik (Napoli)
15 - Andrea Petanya (SPAL, 6), Franchesko Kaputo (Empoli, 3), Andrea Belotti (Torino, 5)

37-TUR O‘YINLARI

18 may
Udineze - SPAL
Jyenoa - Kalyari
Sassuolo - Roma
19 may
Kevo - Sampdoriya
Parma - Fiorentina
Empoli - Torino
Milan - Frozinone
Napoli - Inter
Yuventus - Atalanta
20 may
Latsio - Bolonya

Top