8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

19:40 / 14.05.2019 7703

AQShda qushlarning qiruvchi samolyotlar bilan to‘qnashuvlari millionlab dollar zarar keltirayotgani aytildi

Foto: Reuters

Amerika aviatsiyasi qiruvchi samolyotlarning yovvoyi qushlar bilan to‘qnashuvlari oqibatida jiddiy zarar ko‘rmoqda, deb yozadi Marine Corps Times gazetasi.

Nashrning yozishicha, bunday to‘qnashuvlar AQSh armiyasiga har yili ko‘p millionli zarar yetkazadi.

O‘tgan haftada F-35 samolyotining qush bilan to‘qnashishi natijasida uchuvchi mashg‘ulotlarni to‘xtatishga majbur bo‘lgan. Mayor Erik Flanaganning aytishicha, bu ikki million dollardan ortiq zararga olib kelgan.

Yaqinda Nyu-Meksiko shtatidagi Xolloman poligonida ham shunga o‘xshash hodisa sodir bo‘ldi. Rejali parvoz vaqtida F-16 qiruvchi samolyotiga qirg‘iy kelib urilib, samolyot detaliga qisilib qolgan.

OAVning xabar berishicha, o‘tgan yili fuqaro aviatsiyasi samolyotlari bilan 14,5 mingdan ortiq ana shunday to‘qnashuvlar qayd etilgan. Bu kuniga 40taga yaqin to‘qnashuv deganidir. Shu bois poligon va aeroportlar yaqinida qushlarni otib o‘ldirish holatlari ko‘paydi, deyiladi nashrdagi maqolada.

Top