8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

12:15 / 14.05.2019 15516

Chegara-bojxona postida avtotransport vositalari bojxona rasmiylashtiruviga qancha vaqt sarflamoqda?

Foto: Yuri Smityuk/TASS

Davlat bojxona qo‘mitasi endilikda har oyda respublikaning chegara bojxona postlari orqali harakatlangan avtotransport vositalarining bojxona rasmiylashtiruviga sarflangan o‘rtacha vaqti tahlilini e'lon qilib boradi, deya xabar qildi Davlat bojxona qo‘mitasi.

2019 yil aprel oyi tahlillariga ko‘ra, respublikaning chegara-bojxona postlari orqali 66 ming 871 ta yengil avtomobillar harakatlangan bo‘lib, ularning bojxona rasmiylashtiruvi uchun o‘rtacha 19 daqiqa 47 soniya sarflangan.

2019 yil aprel oyi davomida respublikaning chegara-bojxona postlari orqali 49 ming 654 ta yuk avtotransport vositalari harakatlangan bo‘lib, ularning bojxona rasmiylashtiruvi uchun o‘rtacha 30 daqiqa 5 soniya sarflangan.

2019 yil aprel oyi davomida respublikaning chegara-bojxona postlari orqali 4039 ta avtobuslar harakatlangan bo‘lib, ularning bojxona rasmiylashtiruvi uchun o‘rtacha 21 daqiqa 4 soniya sarflangan.

Umumiy hisobda, ushbu oyda 120 ming 564 ta avtotransport vositalari harakatlangan bo‘lib, ularning bojxona rasmiylashtiruvi uchun o‘rtacha 23 daqiqa 39 soniya sarflangan. 

Top