8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

12:44 / 14.05.2019 3502

Janubiy Koreya elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

Foto: TIV axborot xizmati

2019 yilning 14 may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatda o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Koreya Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon Uni qabul qildi, deb xabar bermoqda TIV.

Ikki tomon kun tartibi borasida fikr almashish chog‘ida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlarning jadal rivojlanayotgani qayd etildi.

2017 yilning noyabr oyida Seul shahrida va 2019 yilning aprel oyida Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘tkazilgan oliy darajali O‘zbekiston – Janubiy Koreya uchrashuvlarining muvaffaqiyatli yakunlari tomonlarni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlarda hamkorlikni faollashtirish imkonini bergani ta'kidlandi. Xususan, 2018 yilda o‘zaro savdo aylanmasi 50%dan ortiqqa o‘sib, 2 mlrd. AQSh dollaridan oshdi.

Uchrashuvda Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo shaklidagi hamkorlikning samarali ahamiyati ham e'tirof etilgan.

Vazir elchining mamlakatdagi uch yillik faoliyatini hamda hamkorlikni har tomonlama mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasini yuqori baholadi.

Elchi o‘z navbatida O‘zbekistondagi missiyasini bajarishi uchun yaratilgan sharoitlarga minnatdorchilik bildirdi.

Top