8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

12:07 / 14.05.2019 1805

“Mikrokreditbank” ATB va Germaniya banklari hamkorligi: Frankfurtda bank faoliyati yuzasidan taqdimot o‘tkazildi

Joriy yilning 8 may kuni O‘zbekiston Respublikasining Frankfurtdagi Bosh konsulligida RAEX reyting agentligi bilan hamkorlikda Germaniya yetakchi banklari va qator kompaniyalari uchun O‘zbekiston investitsion muhitiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Unda “Mikrokreditbank” ATB faoliyati va uning Germaniya banklari bilan hamkorlik istiqbollari yuzasidan taqdimoti o‘tkazildi.  

Taqdimotdan so‘ng Mikrokreditbank Boshqaruvi vakillarining KFW German development bank Germaniya rivojlanish banki, Deutsche Bank, Commerzbank, Helaba Landesbank Hessen, AKA Bank, DZ Bank, Landesbank Baden-Wurttemberg vakillari bilan hamkorlik yuzasidan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlarda korrespondent munosabatlarni rivojlantirish, savdoni moliyalashga kredit liniyalar jalb qilish va tajriba almashish yuzasidan hamkorlik olib borishga kelishildi. 

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlab o‘tish joizki, Mikrokreditbank Germaniya moliya muassasalari bilan oldindan hamkorlik aloqalarini rivojlantirib kelmoqda. Xususan, 2009 yilda Germaniya Xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamg‘arma kassalari fondi bilan imzolangan kelishuvga asosan ayol tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar ajratish uchun 222,9 ming Yevro miqdorida grant jalb qilingan. 

Bundan tashqari, joriy yilning 7 may kuni Germaniya Xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamg‘arma kassalari fondi, Mikrokreditbank va boshqa mutasaddi idoralar bilan birgalikda “O‘zbekistonda agror sektorni rivojlantirish” Hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

Top