8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

16:27 / 14.05.2019 8760

OAV Pentagonning Yaqin Sharqqa 120 ming nafar harbiyni jo‘natish rejasidan xabar topdi

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti maslahatchilari yig‘ilishida AQSh mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Patrik Shanaxan Eronni tutib turish rejasini taqdim etdi, deb yozadi The New York Times (NYT).  Amerika harbiylariga hujum qilinsa yoki yadroviy dastur tezlashsa, Pentagon Yaqin Sharqqa 120 ming nafargacha harbiyni jo‘natishi mumkin.

AQSh prezidenti Donald Tramp bu rejadan xabardor qilinganligi hozircha noma'lum. Avvalroq u Yaqin Sharq va Afg‘onistondan Amerika harbiylarini olib chiqib ketish haqida bir necha bor aytgandi. Shu bois NYT Oq uy xo‘jayinining mazkur rejani qo‘llab-quvvatlashiga shubha qilmoqda.

Nashr suhbatdoshlarining aytishlaricha, rejani Eronni cho‘chitish taktikasining bir bo‘lagi deb hisoblash mumkin. 120 ming nafar askar 2003 yilda Iroqqa bostirib kirgan Amerika harbiylari soniga yaqin. Bunday guruhni joylashtirish «Eron uchun zarba berishga ulkan nishon va katta asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin». Bu esa AQShning uzoq davom etadigan nizoga tortilishiga olib keladi.

Eron bilan munosabatlar keskinlashganidan so‘ng AQSh mintaqaga bir qism kuchlarini tashladi. May oyi boshida Yaqin Sharqqa «Avraam Linkoln» aviatashuvchisi va B-52. Bombardimonchi samolyotlari jo‘natildi. Yerusti guruhi PVO Patriot majmualari bilan kuchaytirildi.

Teglar

Top