09:09 / 14.05.2019
2832

Ommaviy ijroga mo‘ljallangan asarlar mualliflariga haq to‘lash tartibi tasdiqlandi

Foto: Getty Images

Ommaviy ijroga mo‘ljallangan dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlar yaratganligi uchun mualliflik haqini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
 
Bu holda mualliflik haqi Dramatik va musiqiy asarlarni tanlash va xarid qilish bo‘yicha ishchi guruhning xulosasiga ko‘ra, madaniyat vazirining buyrug‘iga asosan to‘lanadi. Hujjatda uning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari belgilangan.
 
Ishchi guruh asar taqdim etilgan kundan e'tiboran 5 ish kuni ichida uning belgilangan talab va mezonlarga muvofiqligini tekshiradi, 20 kun ichida asarni ko‘rib chiqadi va qiymatini baholaydi, har chorakda kamida 1 marotaba xulosa tayyorlaydi va uning bahosini belgilaydi.
 
Madaniyat vazirligi 10 kun ichida ishchi guruh xulosasi asosida mualliflik haqini to‘lash to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
 
Mualliflik haqi to‘langan asarlar 6–12 oy davomida davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarida sahnalashtirilishi hamda ijro etilishi shart.
 
Hujjat 10.05.2019 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid
Top