18:00 / 14.05.2019
13579

Pompeo Rossiyaga keldi. Putin bilan jiddiy masalalarda suhbat bo‘lishi kutilmoqda

Foto: REUTERS

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo rasmiy tashrif bilan Rossiyaga tashrifini boshladi. Bu MRBning sobiq rahbari va amaldagi davlat kotibining Rossiyaga ilk tashrifi bo‘lmoqda. Pompeo Sochida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi.

Pompeo hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashuvdan so‘ng Putin bilan uchrashuvga yo‘l oladi. Pompeo Putin bilan Venesuela, Suriya, Koreya yarimoroli va Ukrainadagi voqealar haqida gaplashishi kutilmoqda. Bundan tashqari, AQSh davlat kotibi Putin bilan ikki mamlakat yetakchilarining iyun oyida Osakada o‘tkaziladigan «Katta yigirmatalik» mamlakatlari yig‘ilishi doirasida ehtimoliy uchrashuvlarini muhokama qiladi.

Top