8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

21:37 / 14.05.2019 15994

Pompeo Rossiyani Ukrainaning yangi hukumatiga qo‘l uzatishga chaqirdi

Foto: RIA Novosti /Yekaterina Lyzlova

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvi yakunida Rossiya Ukrainadagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha boshi berk ko‘chadan chiqishda tashabbusni o‘z qo‘liga olishiga umid bildirdi.

"Biz shuningdek Ukrainadagi vaziyatni ham muhokama qildik. Biz, ilgari aytilganidek, Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishini tan olmaymiz. Sanksiyalarimiz o‘z kuchida qoladi. Biz vaziyatdan chiqish uchun Rossiya Ukrainaning yangi hukumatiga qo‘l uzatishini istaymiz", - dedi Pompeo matbuot anjumanida.

14 may kuni Sochida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Mayk Pompeo Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.

Top