15:01 / 14.05.2019
11513

Qo‘qonda maktab o‘quvchilarining janjali pichoqbozlik bilan yakunlandi

2019 yil 10 may kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida janjal yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, shu shaharda yashovchi, 8-sinf o‘quvchisi A.A. Toshhovuz ko‘chasida Bog‘iatirgul ko‘chasida yashovchi, 8-sinf o‘quvchisi O.M. bilan o‘zaro janjallashib, bir-birlariga pichoq bilan urib tan jarohati yetkazganlar.

Qayd etilishicha, natijada A.A. va O.M. kasalxonaga yotqizilganlar. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top