8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

17:35 / 14.05.2019 13901

Saudiya Arabistonidagi neft quvurlariga dronlar orqali hujum qilindi

Foto: almasdarnews.com

Saudiya Arabistonidagi “Sharq-G‘arb” neft quvurida ikkita nasos stansiyasiga zarar yetkazildi, deb ma'lum qildi mamlakat energetika va mineral resurslar vaziri Xolid al-Falix.

Uning so‘zlariga ko‘ra, seshanba kuni ertalab neft quvuriga portlovchi moddalar o‘rnatilgan uchuvchisiz qurilmalar yordamida hujum uyushtirilgan. Oqibatda sakkizinchi raqamli stansiyada yong‘in kelib chiqqan.

Saudiyaning Aramco davlat neft kompaniyasi yetkazilgan zararni aniqlash va ta'mirlash uchun quvur orqali neft yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatgan.

Seshanba kuni shia isyonchilariga qarashli “Al-Masira” telekanali uchuvchisiz qurilmalar yordamida Saudiya Arabistoni obektlariga Yaman hududidan hujumlar uyushtirilishini ma'lum qilgandi.

Top