8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

11:18 / 14.05.2019 23774

Toshkentda yo‘l talashgan ikki haydovchining janjali jinoiy ish ochilishiga olib keldi

Illyustrativ foto

24 aprel kuni soat 11:30da Chilonzor tumanida “Neksiya-2” rusumli avtomobil haydovchisi 29 yoshli O.Ch. Toshkent halqa yo‘li bo‘ylab harakatlana turib, “Damas” rusumli avtomobil haydovchisi 31 yoshli X.I. bilan janjallashib qolgan.

Toshkent IIBB xabariga ko‘ra, kelishmovchilik haydovchilar bir-birlariga yo‘l bermaganliklari sababli yuzaga chiqqan. Janjallashish vaqtida O.Ch. X.I.ni urgan. 

Sud-tibbiy ekspertiza ma'lumotlariga ko‘ra, X.I.ga o‘rta og‘irlikdagi tan shikastlari yetgan. O.Ch.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi (“Bezorilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

“Hurmatli haydovchilar! Sizdan yo‘l harakatining barcha ishtirokchilarini hurmat qilishni so‘raymiz”, - deyiladi IIBB xabarida.

Top