22:59 / 14.05.2019
14250

Tramp Yaqin Sharqqa 120 ming harbiy jo‘natilishi haqidagi xabarga izoh berdi

Foto: REUTERS / Joshua Robers

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Yaqin Sharqqa ko‘p sonli qo‘shinni jo‘natishga tayyorligi haqidagi xabarga izoh berdi. 

Avvalroq The New York Times nashri Pentagon Eronga qarshilik ko‘rsatish uchun Yaqin Sharqqa 120 ming harbiy yuborish rejasini tayyorlaganini ma'lum qilgan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bu strategiyani Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton boshchiligidagi keskin choralar tarafdorlari – “qirg‘iylar” qo‘llab-quvvatlashgan. Biroq reja Eronga bostirib kirishni ko‘zda tutmaydi. 

Trampning aytishicha, bu yolg‘on xabar. U, shuningdek, bunday qadamga borishi mumkinligini, lekin hozircha buni rejalashtirmaganini qo‘shimcha qilgan.   

“Fikrimcha, bu fake news (yolg‘on xabar), tushunarlimi? Buni qilgan bo‘larmidim? Shubhasiz. Biroq biz buni rejalashtirmaganmiz. Umid qilamanki, rejalashtirishimizga to‘g‘ri kelmaydi ham. Agar buni qilsak ham, biz ko‘proq qo‘shin jo‘natamiz”, deb aytgan Tramp jurnalistlarga.

Mavzuga oid
Top