8460.92 USD +2.76

9439 EUR -62.05

131.06 RUB +1.32

10760.6 GBP -234.16

18:47 / 15.05.2019 15495

«Buxoro» Ashurmatovni iste'foga chiqargan. Uning o‘rniga nomzod ham ma'lum

«Buxoro» bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatovni iste'foga chiqargan. Bu ma'lumotni Tribuna.uz manbasi tasdiqladi. Klub bosh murabbiylikka bir qator murabbiylar nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Hozircha «Buxoro»ni boshqarish uchun asosiy nomzod Igor Shkvirin bo‘lib turibdi.

«Buxoro» Superliganing 8-turidan so‘ng 6 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda. Jamoa o‘tkazilgan o‘yinlarda bir marta g‘alaba qozongan xolos. Ashurmatov shogirdlari chempionatning oxirgi 4 ta o‘yinida 3 marta mag‘lub bo‘lib, 1 o‘yinda durang o‘ynashdi. O‘tgan yil OKMK bilan O‘zbekiston Kubogida g‘olib bo‘lgan Ashurmatov mavsum boshlanishi oldidan «Buxoro»ni qabul qilib olgandi.

Top