14:50 / 15.05.2019
10443

MIB Toshkentda fuqaroga 10 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlikni undirib berdi

Majburiy ijro byurosining Uchtepa tuman bo‘lim ish yurituvida, Toshkent shahar Chilonzor tuman 1-sonli davlat notarial idorasining 01.02.2019 yilgi ijro xatiga ko‘ra, qarzdor M.Tashkenbayev hamda uning qarzdorlik bo‘yicha kafili «Steel Aura Business» MChJ.dan undiruvchi S.Ibroximov  foydasiga 10 mlrd. 502 mln. 67 ming so‘m miqdorida qarz undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati ijro qilish uchun Byuroning Uchtepa tuman bo‘limi ish yurituvida 2019 yil 5 fevral kuni kelib tushgan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi qarzdorga taqdim etilgan va ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablarni ixtiyoriy bajarish uchun qarzdorga muddat belgilanib ogohlantirilgan.

Qarzdor dastlab belgilangan muddatda qarzdorlikni to‘lamagani bois, qarzdorlikni ish bo‘yicha kafili «Steel Aura Business» MChJning hisob raqamlariga band solingan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdorning ish bo‘yicha kafili «Steel Aura Business» MChJning hisob raqamidan 10 mlrd. 502 mln. 67 ming so‘m pul mablag‘lari to‘liq undirilib, undiruvchining arizasida ko‘rsatilgan hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.

Top