8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

12:06 / 15.05.2019 24669

Oliy sud raisi: «Yopiq sud majlislariga hatto meni ham kiritishmaydi»

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Sud organlari va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirish”  mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.

Agentlik xabariga ko‘ra, tadbirda Oliy sud raisi Kozimjon Komilov so‘zga chiqqan.

Uning aytishicha, sud tizimi shu paytgacha eshiklari yopiq idora edi. Hozir esa sud binolariga barcha fuqarolar, jumladan, jurnalistlar ham kirib chiqishi mumkin bo‘ldi.

«Jurnalistlar bilan hamkorlik qilishdagi eng katta muammo – berilayotgan materiallarning haqqoniyligini ta'minlash. Qonuniy kuchga kirmagan narsani matbuotda chiqarishga hech kimning haqqi yo‘q. Jurnalistlarning sud majlisiga kiritilmagani haqida menga hech qanday shikoyat kelib tushmagan. Agar shunday holatlar bo‘lsa, biz muammoni hal qilib beramiz.

Ochiq sud majlislariga OAV vakillari kiritilishi mumkin. Sizning (*jurnalistlarning) faoliyatingizga hech qanday to‘sqinlik qilinmaydi, faqat ichki tartibga rioya qilsangiz, kifoya. Yopiq sud majlislarida esa jurnalistlar ishtirok etishi mumkin emas. Yopiq sud majlislariga hatto meni ham kiritishmaydi», - dedi Komilov.

Top