8584.5 USD +6.14

9673.87 EUR +45.52

136.34 RUB +1.82

10793.3 GBP +50.61

11:57 / 15.05.2019 5085

Ishchilaringiz talabga javob beradimi: ijtimoiy so‘rovnomada qatnashing

Foto: Shutterstock

So‘nggi besh yil ichida kadrlar masalasida idora (tashkilot) bilan faol aloqada bo‘lib kelayotgan oliy ta'lim muassasalarini tanlab, bitiruvchilarining sifatiga baho berish imkoni yaratildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xabar qilmoqda.

So‘rovnomaga quyidagi link orqali kirish mumkin. So‘rovnomada ishtirok etish muddati 2019 yil 31 mayga qadar.

Berilgan javoblar Ta'lim inspeksiyasi tomonidan qat'iy sir saqlanadi va uning natijalari faqat umumlashtirilgan holda ishlatiladi.

“Bizga, muhimi, OTMlarning kadrlar tayyorlash sifati haqida Sizning xolis fikringiz kerak. Shu sababli so‘rovnoma savollariga to‘g‘ri va xolisona javob berishingizni iltimos qilamiz”, - deyiladi xabarda.

Top