8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

08:16 / 15.05.2019 28569

Putin: Rossiya AQSh bilan munosabatlarni tiklashni xohlaydi

Foto: AP

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qo‘shma Shtatlar bilan to‘laqonli munosabatlarni tiklashga intilayotgani haqida ma'lum qildi. Bunday bayonot seshanba kuni Rossiyaning Sochi shahrida AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan uchrashuv davomida berildi.

Putin davlat kotibi Pompeo bilan suhbatda AQSh prezidenti Donald Tramp «Rossiya-Amerika aloqalari va munosabatlarini qayta tiklash niyatidaligi» haqidagi o‘z taassurotlarini gapirdi. Putin Sochidagi «Bocharov Ruchey» rezidensiyasida Pompeo bilan muzokaralar avvalida jurnalistlar oldida chiqish qilib, shu haqda aytib o‘tdi, deya xabar beradi Reuters.

Vladimir Putin 2016 yil AQShdagi prezidentlik saylovlariga Rossiya aralashuvi bo‘yicha maxsus prokuror Robert Myullerning hisoboti e'lon qilinganiga ham izoh berdi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, «Myuller komissiyasi ishining g‘ayritabiiy ekaniga qaramasdan, unga rahmat deyish kerak, umuman olganda, u obektiv tekshiruv o‘tkazdi». Rossiya prezidentining aytishicha, Myuller hisoboti «AQSh amaldagi ma'muriyati va Rossiya o‘rtasida hech qanday til biriktirish bo‘lmaganini tasdiqladi».

Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda AQSh va Rossiya strategik barqarorlikni saqlab qolish, ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik, mintaqaviy inqirozlarni bartaraf etish, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, ekologik muammolarni hal qilish va dunyoda qashshoqlikni yo‘qotish sohasida umumiy manfaatlarga ega. Iqtisodiy sohada, jumladan «jahon energetika bozorlarida barqarorlik» masalalari katta qiziqish uyg‘otadi.

Mayk Pompeo Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muloqotni «samarali», deb atadi. Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar va Rossiya «umumiy manfaatlarga ega va mamlakatlarimiz hamkorlik qilishi mumkin bo‘lgan sohalar mavjud».

Top