15:57 / 15.05.2019
5053

Samarqand viloyati va Xitoyning Chongsing shahri o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

14 may sanasidan boshlab Xitoy Xalq Respublikasining Chongsing shahrida Shanghay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning mintaqalar rahbarlari ishtirokidagi ikkinchi forum bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu forum ishida Respublikamiz vakillari tarkibida Samarqand viloyati delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda, deb xabar bermoqda Kun.uz’ga viloyat hokimligi axborot xizmati.

Foto: Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati

Xitoyga tashrif davomida 14 may kuni Samarqand viloyati delegatsiyasi a'zolari Chongsing shahri meri Tang Liangchji tomonidan rasmiy qabul qilindi. Qabul davomida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar olib borildi.

Foto: Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati

Muzokaralar yakunida Chongsing shahri va Samarqand viloyati o‘rtasida qurilish, logistika, sanoat, kichik va o‘rta biznes, qishloq xo‘jaligi, madaniyat, ta'lim, sog‘liqni saqlash, turizm, sport va boshqa sohalarda investitsiyalarni jalb etish borasida kelishuv memorandumi imzolandi.

Foto: Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati
Top