8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

11:49 / 15.05.2019 8257

«Yuventus» Ronaldu tavsiyasi bilan Iskoni sotib olishga urinmoqda

Foto: Getty Images

«Real» yarimhimoyachisi Isko yozda «Yuventus» a'zosiga aylanishi mumkin.

Don Balon`ning yozishicha, Madrid klubi savdolashishni 80 mln yevrodan boshlash niyatida, biroq Turin jamoasi 60 mln yevrodan ko‘p to‘lamoqchi emas.

Iskoning o‘zi jamoasini o‘zgartirish niyatida, «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Zinedin Zidan ham bunga qarshi emas. Bunday sharoitda klub prezidenti Florentino Peres «Yuve» taklifini qabul qilishi ehtimoli yuqori. Qolaversa, «Real» bir nechta yirik qiymatdagi transferlar arafasida turgani «Yuventus»ning vazifasini yengillashtirishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, «byankoneri» hujumchisi Krishtianu Ronaldu rahbariyatdan Iskoni sotib olishni so‘ragan. Uning fikricha, maydon markazida faqat Miralem Pyanichgina yuqori saviyada o‘ynay olmoqda.

Isko joriy mavsumda «qirollik klubi»ning 36ta o‘yinida qatnashdi va 6ta gol urib, 1ta golga hammuallif bo‘ldi. Uning shartnoma muddati tugashiga hali uch yil bor.

Top