08:50 / 16.05.2019
13558

Aholi yashaydigan joylarda avtomobil yo‘llarini yoritish taklif etildi

Foto: KUN.UZ

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida aholi yashaydigan joylarda avtomobil yo‘llarini yoritish haqida petitsiya e'lon qilindi

“Respublikamizda piyodalar ishtirokida ko‘plab yo‘l transport hodisalari sodir bo‘layotganligini e'tiborga olgan holda, respublika ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarining aholi yashash joylaridan o‘tgan qismini yoritish choralarini ko‘rishni taklif qilaman”, - deb yozadi murojaat muallifi. 

Qayd etilishicha, respublika ahamiyatidagi viloyatlararo avtomobil yo‘llarida transport vositalarining harakat tezligi yuqori bo‘lib, bu piyodalarga katta xavf tug‘diradi.

“Ushbu taklifimizda bildirilgan dolzarb masalani O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, mas'ul davlat idoralari, mahalliy hokimiyat organlari hamda homiylarni jalb etish orqali hal etish maqsadga muvofiq”, - deya yakunlanadi petitsiya.

Top