09:31 / 16.05.2019
10025
BMTda hasharotlardan tayyorlanuvchi taomlarning foydasi haqida so‘zlandi
Foto: TASS/ZUMA/SIPA Asia

Hasharotlardan tayyorlanuvchi taomlar dunyoda oziq-ovqat tanqisligi bilan bog‘liq vaziyatdan chiqishning yo‘llaridan biri bo‘lishi mumkin. Bu haqda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti mutaxassisi Juliya Muir ma'lum qildi. 

“Ko‘plab mintaqalarda hasharotlardan yeguliklar yangilik emas, balki oddiy amaliyotdir: bunday yeguliklarni 2 mlrdga yaqin odam iste'mol qiladi”, deb aytgan mutaxassis.

Muirning ta'kidlashicha, hasharotlar go‘shti o‘zining oziqaviy sifatlariga ko‘ra baliqqa tenglashtirilishi mumkin.

Bundan tashqari, hasharotlardan go‘sht tayyorlash chorvadan go‘sht tayyorlashdan ekologik tozaroqdir.  

Top