8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

16:20 / 16.05.2019 57685

Foto: Samarqandda yo‘lovchi avtobus ag‘darilib ketdi

16 may kuni Samarqand shahrining Motrid qo‘rg‘onida yo‘lovchi avtobusi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Avtofalokat oqibati tasvirlangan fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda.

Kun.uz manbalarining voqea tafsilotlarini so‘zlab berishlaricha, 404-yo‘nalish bo‘yicha qatnovchi Isuzu rusumli yo‘lovchi avtobusi «Spark» avtomobili bilan to‘qnashib, yo‘lga yonboshlab qolgan.

Samarqand viloyat IIB YHXB matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasi tufayli qurbon bo‘lganlar yo‘q, uch kishi turli darajadagi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Top