8458.16 USD +9.27

9501.05 EUR +38.29

129.74 RUB -0.07

10994.8 GBP -133.27

22:43 / 16.05.2019 12871

Metalldan ishlangan quyon haykali 91 mln dollarga sotildi

Foto: AFP

Christie's auksion uyi amerikalik rassom Jyeff Kuns yaratgan metall quyon haykalini 91 mln dollarga sotdi.

Haykal dastlab baholangandan 40 mln dollar qimmatroqqa sotilgan. Bu qiymat hozir hayot bo‘lgan rassomlar asarlari uchun yangi rekord narx bo‘ldi: Kuns bu borada “Rassom portreti” kartinasi 90,3 mln dollarga sotilgan britaniyalik rassom Devid Xoknini ortda qoldirdi.

Po‘lat quyonchaning yangi egasi AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchinning otasi – art-diler Bob Mnuchin bo‘ldi.

1986 yilda yaratilgan haykal marhum magnat Semyuel Nyuxausga tegishli bo‘lgan. U haykalni 1992 yilda taxminan million dollarga sotib olgan. Nyuxaus vafotidan keyin haykalni sotishga qaror qilingan.

Top