8460.92 USD +2.76

9439 EUR -62.05

131.06 RUB +1.32

10760.6 GBP -234.16

10:20 / 16.05.2019 32575

Prezident Andijonga yo‘l oldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida 16 may kuni Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi. 

Tashrif chog‘ida avval berilgan topshiriqlar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish, yangi maqsad va vazifalarni belgilash rejalashtirilgan.

Kun.uz muxbiri xabar berishicha, prezident viloyatga tashrifi davomida – Qo‘rg‘ontepa va Xonobod tumanlarida bo‘lib, iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligidagi loyihalar bilan tanishadi. 

Bundan tashqari, prezident Andijon shahridagi Muhammad Yusuf ijod maktabi hamda iqtisodiy hududdagi korxonalarda bo‘lishi kutilmoqda. 

Ayni paytda viloyatda tashrifga katta tayyorgarlik ishlari ketmoqda.

Top