8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

20:25 / 17.05.2019 3376

«Agrobank» va «Credit Suisse Bank»: Hamkorlikning yangi qirralari

Toshkentda savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Shveytsariya Hukumatlararo komissiyasining 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda hamkorlikning turli yo‘nalishlari bilan bir qatorda O‘zbekiston bank-moliya tizimiga alohida e'tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida «Agrobank» va «Credit Suisse Bank» o‘rtasida 100 million yevro miqdoridagi bitim imzolandi.

Mazkur mablag‘lardan yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda foydalaniladi. Shuningdek, ikki mamlakat banklari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, yurtimizda tadbirkorlik faoliyati rivojlanib, yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Sayt: www.agrobank.uz

«Agrobank» ATB matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Top