8458.16 USD +9.27

9501.05 EUR +38.29

129.74 RUB -0.07

10994.8 GBP -133.27

01:00 / 17.05.2019 93032

Andijon viloyati faollari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Prezident 14ta tuman rahbarlariga bir hafta muhlat berdi

Andijonda viloyat faollari, vazirlik va idoralar rahbarlari, nuroniylar, tadbirkorlar, yoshlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati aholisini ish bilan ta'minlash, turizm va qishloq xo‘jaligi sohalarida olib borayotgan ishlarni tahlil qilib, yangi vazifalarni belgilab berdi.

«Oldimizdagi eng katta masala aholini ish va uy-joy bilan ta'minlash. Buning uchun viloyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar ko‘proq kirishi kerak. Buning uchun investitsion muhitni yaxshilash kerak, sharoitlar bo‘lishi kerak.

Markazda qabul qilingan qarorlarga chekka hududlarda, mahallalardan boshlab amal qilinishi, ular hayotga tatbiq etilishi kerak. 

Andijon viloyatida o‘tgan yili amalga oshirilgan ishlar natijasida investitsiyalar hajmi 19 foizga o‘sgan.

Viloyat sanoatining 80 foizi Andijon va Asaka shaharlariga to‘g‘ri kelmoqda, qolgan hududlarda sanoat deyarli rivojlanmagan. Sanoat rivojlanmagan 14ta tumanning 4ta sektor rahbarlariga bir hafta muhlat beriladi. Ular bosh vazirga tushuntirish beradi - sadoqat bilan ishlaydimi, yo‘qmi? Dunyoqarashi o‘zgaradimi yo‘qmi? Bir hafta davomida bu rahbarlar shoshilmasdan bugungi islohotlar haqida nimalar bilishini yozib beradi. O‘zim o‘qib chiqaman. O‘qiymanda sizlar kimligingizga baho beraman. Investitsiya nimaligi haqida qanday tushunchaga ega ekanliklaringni, yana qanday qarorlar chiqarish kerakligini aniqlayman», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Top