8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

12:45 / 17.05.2019 10635

Bosh prokuratura: iste'molga yaroqsiz sariyog‘ savdosiga chek qo‘yildi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va Uchtepa tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda fuqaro J.Sh. YaTT «A.B»ning muhridan foydalanib, uning nomidan soxta yuk-xatini tayyorlab, Litva davlatida ishlab chiqarilgan, iste'mol qilish muddati o‘tgan jami 550 kg. sariyog‘ni har bir kilogrammini 56,0 ming so‘mdan hisoblab 30,8 mln. so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Tadbir jarayonida, J.Sh.ning ko‘rsatmasi bo‘yicha Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan «Z-T» MChJ omborxonasi ko‘zdan kechirilganda Litva davlatida ishlab chiqarilgan iste'mol qilish muddati o‘tgan jami 22.450 kg sariyog‘ mavjudligi shuningdek, «I-F» MChJ tomonidan mazkur omborxonadan 625 kg. sariyog‘ «O‘rikzor» savdo majmuasi hududida savdoga qo‘yilganligi aniqlangan.

Shuningdek, o‘tkazilgan laboratoriya tahlili natijalariga ko‘ra ushbu sariyog‘ mahsulotlari iste'molchilarning hayoti va xavfsizligi talablariga javob bermasligi aniqlangan.

Tadbir yakuni bo‘yicha, umumiy narxi 1,3 mlrd. so‘mlik jami 23.625 kg iste'mol qilish muddati o‘tgan sariyog‘ mahsulotlari olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan J.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.

Top