8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

08:38 / 17.05.2019 23685

Dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?

Foto: KUN.UZ

Respublika Gidrometeorologiya markazi 18-21 may kunlari bo‘yicha ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18 mayda kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi, 19-21 mayda kechasi 17-22 daraja iliqqacha ko‘tariladi, kunduzi 19-20 mayda 30-35 daraja, 21 mayda 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 18 mayda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 19-21 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 mayda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18 mayda kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi, 19-21 mayda kechasi 17-22 daraja iliqqacha, kunduzi 32-37 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 18 mayda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 19 mayda ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 20-21 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-19 mayda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18 mayda kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq; 19 mayda kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq; 20-21 mayda kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 18 mayda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 19 mayda ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 20-21 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-19 mayda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-19 mayda kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq, 20-21 mayda kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 18 mayda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 19 mayda ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 20-21 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-19 mayda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18 mayda kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq, 19-21 mayda kechasi 13-18 daraja iliq bo‘ladi, kunduzi 30-35 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 18-19 mayda ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-19 mayda ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18 mayda 8-13 daraja, 19-21 mayda 4-9 daraja, kunduzi 18-20 mayda 15-20 daraja iliq, 21 mayda 19-24 daraja issiq bo‘ladi.

Top