17:06 / 17.05.2019
14248

Fransiya sayyohlar tashrifi bo‘yicha jahon rekordi yangilanganini e'lon qildi

Foto: Foto: Christophe Morin / Bloomberg

Fransiyaga sayyohlarning kelishi 2018 yilda 89,4 million chet ellik ko‘rsatkichi bilan jahon rekordiga yetdi. Bu haqda bosh vazir Eduard Filip raisligidagi turizm bo‘yicha qo‘mita hisobotida aytiladi.

«2018 yil natijalariga ko‘ra, Fransiya xorijiy sayyohlar tashrif buyurishi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni saqlab qoldi», - deya bildirgan qo‘mita. Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘tgan yili Fransiyaga tashrif buyurgan sayyohlar xarajatlari yillik hisobda 5 foiz darajaga o‘sdi va 56 milliard yevrodan oshib ketdi, bu esa yangi rekord hisoblanadi.

Turistlarning umumiy oqimi 2017 yil bilan taqqoslaganda 3 foiz darajaga oshdi. Ko‘proq Osiyodagi aholi Fransiyaga qiziqish bildirgan: 2018 yilda Yevropa respublikasiga bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan 7,4 foizga ko‘proq odamlar keldi. Shunga qaramay, sayyohlar oqimining katta qismi boshqa Yevropa mamlakatlaridan Fransiyaga o‘tgan - bu 79 foiz.

Top