01:29 / 17.05.2019
13118

Nazarboyev Qozog‘istonda hokimiyatning tinch topshirilishini ta'minlashini aytdi 

Foto: akorda.kz

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev yangi davlat rahbari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashini va hokimiyatning tinch vaziyatda topshirilishini ta'minlashini aytdi. 

“Bugun oldingizda prezident sifatida chiqmayapman. Mamlakat va xalq manfaati yo‘lida prezidentlik vakolatlarimni tugatish borasida murakkab, biroq puxta o‘ylangan qarorni qabul qildim. Davlatimizning zamonaviy tarixida konstitutsiyaga to‘liq mos holda harakat qilib, ilk bor hokimiyatni tinchlikda va osoyishta vaziyatda demokratik yo‘l bilan topshirmoqdamiz. Menga yozayotgan, qo‘ng‘iroq qilayotgan va bu qarorni qo‘llab-quvvatlayotgan hamkasblarim, davlatlar rahbarlari, butun dunyo siyosatchilariga minnatdorlik bildiraman”, deb aytgan Nazarboyev Ostona iqtisodiy forumidagi nutqida.

Nazarboyev davlatning strategik yo‘nalishlar bo‘yicha ishida, jumladan tashqi va ichki siyosati hamda xavfsizligida ishtirok etishni davom ettirishini ta'kidlab o‘tgan. 

“Mening butun ishim yangi prezident faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, hokimiyatning osoyishta vaziyatda topshirilishini ta'minlash va boshlagan ishimizni davom ettirishdan iborat bo‘ladi”, deb ta'kidlab o‘tgan Qozog‘istonning birinchi prezidenti. 

Top