09:32 / 17.05.2019
39188

O‘zbekistonda kuchsiz yer silkinishi qayd etildi

Foto: Global Look Press/ZUMA

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi.

2019 yil 17 may kuni Toshkent vaqti bilan 05:39da (17.05.2019 00:39 Grinvich bo‘yicha) O‘zbekistonda yer silkinishi sodir bo‘ldi. 

Koordinatalar 38,13 gradus shimoliy kenglik, 67,50 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,8. Chuqurlik h=5 km. Toshkentgacha masofa 378 km janubiy yo‘nalish bo‘yicha.

O‘zbekiston hududida yer silkinishi Termizda (103 km) 2 ballni tashkil etgan.

Mavzuga oid
Top