8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

20:28 / 17.05.2019 29472

«Poytaxt bank» rahbari o‘zgardi

«Poytaxt bank» aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi Qahramon Tursunovich Aripov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 

Kun.uz manbasi ma'lumotiga ko‘ra, Majid Hamidovich Tohirov «Poytaxt bank» aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruv Raisi etib tayinlangan.

Majid Tohirov shu vaqtgacha Markaziy bank Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgandi.

O‘z navbatida, Markaziy bank Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Toshkent shahar hokimining sobiq birinchi o‘rinbosari Sherzod Rafatovich Xadjizadayev tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, «Poytaxt bank» shu yilning yanvarida ochilgan, Markaziy bank «Poytaxt bank»ning faoliyati qonuniy ekanligini tasdiqlagandi.

«Poytaxt bank» Toshkentda ko‘p qavatli uylarni qurish va ta'mirlash bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan pudratchi tashkilotlarga kreditlar ajratish va lizing xizmatlarini ko‘rsatish, muhandislik infratuzilmalari sifatini yaxshilashni ko‘zda tutuvchi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni moliyalashtirib, investitsion faoliyat olib boradi.

Top