08:47 / 17.05.2019
5176
Shanxayda eski bino qulashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
Foto: REUTERS/Aly Song

Shanxayda eski bino qulashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

16 mayda Shanxayning Channin tumanidagi Mercedes-Benz dilerlik markazi devori qulashi oqibatida 20 dan ko‘proq odam vayronalar ostida qolib ketdi. Qutqaruvchilar uyumlar ostidan 25 kishini topib, tashqariga chiqarishga muvaffaq bo‘lishgan. Biroq ulardan 10 nafari keyinroq olingan jarohatlardan shifoxonada jon bergan.  

Ma'lum qilinishicha, markazda ta'mirlash ishlari olib borilayotgan bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlanmoqda. Ming kvadrat metrga yaqin joy o‘pirilib tushgan.

Top