08:44 / 17.05.2019
22494

Sirdaryoda 2ta yuk mashinasi to‘qnashdi, halok bo‘lganlar bor

Illyustrativ foto

2019 yil 15 may kuni soat 02:40larda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashagan 19 yoshli B.B. boshqaruvidagi “Gazel” rusumli yuk avtomashinasini Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumani hududida haydab ketayotib, o‘zidan oldinda svetoforning qizil chirog‘iga to‘xtab turgan fuqaro Sh.X. boshqaruvidagi “Kamaz” rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga borib urilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada “Gazel” yuk avtomashinasi haydovchisi jarohat olib voqea joyida va uning yo‘lovchisi 19 yoshli B.K. kasalxonada vafot etganlar. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top