07:59 / 17.05.2019
5432

Tarif va notarif tartibga solish kengashining asosiy vazifalari belgilandi

Foto: Fotolia

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019 yil 28 yanvardagi PQ-4135-son qarori bilan mazkur vazirlik huzurida Tarif va notarif tartibga solish kengashi tashkil qilinib, uning tarkibi belgilangan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi  408-son qarori bilan esa mazkur kengashning asosiy vazifalari belgilandi, kengash nizomi tasdiqlandi.

Davlat bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, kengash:

bojxona bojlari stavkalarini belgilash va tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda notarif tartibga solish chora-tadbirlarini qo‘llash bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganadi hamda takliflarni ishlab chiqadi;

ichki va tashqi bozorlarda yuzaga kelayotgan vaziyatdan kelib chiqib tarif va notarif tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi, shuningdek, bojxona to‘lovlari bo‘yicha amaldagi imtiyozlar tizimiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni shakllantirishda ishtirok etadi;

O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining Tovar nomenklaturasi va tovarlarni tasniflash qoidalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.

Top