22:11 / 17.05.2019
9322

Ukraina tashqi ishlar vaziri iste'foga chiqishga qaror qildi

Foto: AP Photo / Luca Bruno

Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin iste'foga chiqish haqida ariza yozdi. U Vladimir Zelenskiyning inauguratsiyasi o‘tadigan kun – 20 mayda arizasini oliy radaga va prezidentga topshirishni rejalashtirmoqda.

“O‘ylashimcha, bu insoniylik yuzasidan to‘g‘ri qarordir. Normal siyosiy madaniyat nuqtai nazaridan ham to‘g‘ri, chunki u bizga kerak”, deb aytgan Klimkin o‘z videomurojaatida.

Klimkin Ukrainaning yangi yetakchisiga boshqa bir tashqi ishlar vazirini tayinlash imkonini berish uchun uning inauguratsiyasidan keyinoq ketishini ma'lum qilgandi. 

Klimkin ushbu lavozimni 2014 yil 19 iyundan beri egallab kelayotgandi.

Shuningdek, Ukrainaning milliy xavfsizlik va mudofaa kotibi Aleksandr Turchinov ham iste'foga chiqishga ariza berdi.

Ukraina konstitutsiyasiga ko‘ra, tashqi ishlar vaziri va mudofaa vaziri lavozimlariga nomzodlarni prezident oliy rada tasdig‘iga beradi.

Mavzuga oid
Top