8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

16:20 / 17.05.2019 12619

«Yuventus» Allegri iste'fosini e'lon qildi

«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri o‘z lavozimini tark etadi va keyingi mavsumda jamoada ishlamaydi.

Turinliklar klubi ushbu mutaxassis klubni tark etishi haqida rasman ma'lum qildi, ammo hozircha bu iste'fo tashabbuskori qaysi tomon ekaniga aniqlik kiritilmadi.

Murabbiy va «Yuventus» direktorlari kengashi raisi Andrea Anelli yaqin vaqtlar ichida jurnalistlar uchun brifing o‘tkazishi kutilmoqda.

Allegri «Yuventus»ni 2014 yildan buyon boshqarib kelayotgandi. So‘nggi 5 mavsumda turinliklar uzluksiz ravishda Italiya chempioni bo‘lishdi, 4 marta Italiya Kubogida g‘olib chiqishdi, ikki marta Chempionlar ligasi finaliga chiqishdi va ikki finalda ham ispan grandlariga yutqazishdi – 2015 yilda «Barselona»ga (1:3) 2017 yilda «Real»ga (1:4).

YeChLning joriy mavsumida byankonerilar 1/4 finalga yetib borishdi va «Ayaks» to‘sig‘idan o‘ta olishmadi (1:1 va 1:2). A Seriyada jamoa mavsum yakuniga ikki tur qolganida eng yaqin ta'qibchisi «Napoli»ni 13 ochkoga ortda qoldirib, muddatidan oldin chempionga aylanishdi.

Top