8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

22:14 / 18.05.2019 3708

Abdulaziz Komilov Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

17 may kuni Dushanbe shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov “Terrorizm va uni moliyalashtirish asoslari, xususan narkotiklarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik” mavzusidagi yuqori darajali konferensiya ishida qatnashayotgan Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabboniy bilan uchrashdi.

Vazirlar ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning dinamikasini va ijobiy yakunlarini mamnuniyat bilan e'tirof etdilar.

Ikki davlat tashqi ishlar vazirlari turli tarmoqlardagi aloqalarni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini, xususan O‘zbekistonning Afg‘onistonda yirik infratuzilma va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish borasidagi takliflarini muhokama qildilar.

“Tashqi siyosat idoralari rahbarlari afg‘on mojarosini hal etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar va Afg‘onistonda mustahkam tinchlik o‘rnatish borasidagi siyosiy jarayonga qat'iy sodiq ekanliklarini tasdiqladilar”, deyiladi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabarida.

Top